BMB HOLDING va Qozog‘iston savdo, turizm va investitsiyalardagi yangi imkoniyatlarni muhokama qildi
Biznes
BMB HOLDING va Qozog‘iston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, eksportni kengaytirish, turizm sohasidagi aloqalarni kuchaytirish hamda investitsiyalarni jalb etishning yangi imkoniyatlarini muhokama qildi. 6 oktabr kuni BMB HOLDING Bosh direktorining o‘rinbosari Xayrulla Nabijonov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Nurlan Makazhanov bilan uchrashdi.
Tomonlar eksport salohiyatini oshirish va yetkazib berish geografiyasini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Xususan, BMB HOLDING mahsulotlarini Qozog‘iston bozoriga olib chiqish, yangi xaridorlar bilan hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, xolding omborlarida saqlanayotgan qishloq xo‘jaligi va chuqur qayta ishlangan mahsulotlarni bozor talabi asosida eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanayotgani qayd etildi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $5 mlrdga yetgan. 2026-yil aprel oyida Buxoroda bo‘lib o‘tgan ikki davlat prezidentlari uchrashuvida ushbu ko‘rsatkichni yaqin istiqbolda $10 mlrdga yetkazish maqsadi belgilangan.
Turizm yo‘nalishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Qozog‘istonning turoperatorlari, turistik va DMC kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ularga ZA’FARON PREMIUM HOTEL haqida ma’lumot, tijoriy takliflar va hamkorlik shartlarini taqdim etish rejalashtirilmoqda. 2026-yil yanvar–avgust oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 2,17 milliondan ortiq xorijiy fuqaro tashrif buyurgan.
Investitsiyalar masalasi ham muhokama qilindi. Tomonlar Qozog‘istondagi potensial investorlarni aniqlash, BMB HOLDINGning istiqbolli loyihalarini taqdim etish va manfaatdor tomonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi bilan tizimli hamkorlikni rivojlantirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Uchrashuv avgust oyida BMB HOLDING Ta’sischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tug‘janov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarning davomi bo‘ldi. Tomonlar savdo, eksport, turizm va investitsiyalar yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor