BMB MEDIA MARKAZI TAF!26 xalqaro reklama festivalida e’tirof etildi

Biznes

BMB HOLDING tarkibiga kiruvchi BMB MEDIA MARKAZI TAF!26 xalqaro reklama festivalida media, kontent, texnologiyalar va kommunikatsiya vositalarini uyg‘unlashtirish orqali O‘zbekiston hududlarida kompleks media yechimlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

BMB MEDIA MARKAZI TAF!26 xalqaro reklama festivalida e’tirof etildi
Qisqa vaqt ichida markaz o‘z faoliyatini kengaytirib, nafaqat poytaxtda, balki mamlakatning turli hududlarida ham yirik media va kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirdi.

BMB MEDIA MARKAZI jamoasi zamonaviy texnologiyalarni kreativ yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirib, davlat va xususiy sektor tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Ushbu faoliyat orqali hududlardagi tadbirkorlik tashabbuslari, yangi imkoniyatlar va insonlarning muvaffaqiyat hikoyalari keng yoritilib, katta auditoriyaga yetkazilmoqda.

TAF!26 festivalidagi mukofot markazning hududiy media yechimlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi e’tirofidir. Bu, shuningdek, jamoa uchun O‘zbekistonning barcha hududlarida sifatli va samarali media loyihalarini amalga oshirishni davom ettirishga muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing