BMB Za’faron Jizzax viloyatining Gonkongdagi savdo uyida taqdim etildi
Biznes
Gonkong shahrida Jizzax viloyatining mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish va Xitoyga eksport hajmini oshirishga qaratilgan savdo uyi ochildi. Uning mahsulotlari qatoridan BMB HOLDING tomonidan ishlab chiqariladigan BMB Za’faron brendi ham joy oldi.
Savdo uyi Jizzax viloyati hokimi va JDB Group kompaniyasi prezidenti tashabbusi bilan tashkil etildi. Tashabbus eksport hajmini oshirish, mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirish va Xitoylik hamkorlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Savdo uyi assortimentida o‘zbek brendiga aylangan BMB Za’faron mahsulotlarining ham o‘rin olgani mahalliy ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini xorijiy xaridorlarga tanishtirish va xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Savdo uyida Jizzax viloyati korxonalari mahsulotlarini namoyish etish, ularni xorijiy xaridorlarga taklif qilish hamda ishbilarmon doiralar vakillari bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bunday hamkorlik mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini potensial hamkorlarga taqdim etish, yetkazib berish shartlarini muhokama qilish va tijoriy aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Yangi savdo maydoni viloyat korxonalarining yangi bozorlarga chiqishi, savdo shartnomalarini tuzishi va eksport geografiyasini kengaytirishiga ko‘maklashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, u xorijiy kompaniyalar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va mahalliy mahsulotlarga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini beradi.
Gonkongda savdo uyining ochilishi Jizzax viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarda ilgari surish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor