BMT Bosh Assambleyasi Rossiya qo'shinlarini Zaporijjya AESdan olib chiqishni talab qilmoqda

Dunyo

99ta davlat Rossiyani Ukrainadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish va Zaporijjya atom elektr stansiyasini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiya qo'shinlarini Zaporijjya AESdan olib chiqishni talab qilmoqda
BMT Bosh Assambleyasi Ukraina atom inshootlari, jumladan, Zaporijjya atom elektr stansiyasining texnik va jismoniy xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 99 davlat qo‘llab-quvvatladi, 9 delegatsiya unga qarshi ovoz berdi, 60 nafari esa betaraf qoldi. Bu haqda Deutsche Welle Bosh assambleya saytiga tayanib xabar berdi.

Rezolyutsiyada Rossiyadan Ukrainaga qarshi tajovuzni to‘xtatish va xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasida bu davlat hududidan barcha qurolli kuchlarini so‘zsiz olib chiqib ketish talab etiladi. Dpa axborot agentligi ta'kidlaganidek, 99 mamlakatning ma'qullashi odatda rezolyutsiya uchun muvaffaqiyat deb hisoblansa-da, Rossiya qo'shinlarini Ukrainadan olib chiqish bo'yicha avvalgi rezolyutsiya 140 dan ortiq ovoz to'plagan.

Hujjatda Rossiyadan Zaporijjya atom elektr stansiyasidan (ZNPP) zudlik bilan harbiy xizmatchilar va boshqa ruxsat etilmagan xodimlarni olib chiqib ketish va stansiyani zudlik bilan toʻliq Ukraina nazoratiga qaytarish talab qilinadi.

Shunindek, stansiya to‘liq Ukraina nazoratiga qaytarilgunga qadar Rossiya Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorlik qilishga chaqirildi.

Zaporijjya AES Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Zavod 2022-yil 11-sentyabrdan beri elektr energiyasi ishlab chiqarmayapti. Zaporijjya AESning oltita reaktorining hammasi sovuq o‘chirish rejimida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing