BMT muqaddas kitoblarni tahqirlashni qoralaydigan rezolutsiya qabul qildi

Dunyo

Hujjat mualliflari, shuningdek, musulmonlarning muqaddas kitobi – Qurʼoni Karimga qarshi fitnalarni qoralashga chaqirib, ularni “diniy nafrat harakati” deb ta’rifladi.

BMT muqaddas kitoblarni tahqirlashni qoralaydigan rezolutsiya qabul qildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi muqaddas kitoblarni kamsituvchi har qanday xatti-harakatlarni qoralab, bunday harakatlarni xalqaro huquqning buzilishi deb tan olgan rezolyutsiyani qabul qildi.

Marokash tashabbusi bilan qabul qilingan hujjat BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bir ovozda ma’qullandi.

Qarorga koʻra, odamlarga nisbatan diniy mansubligi yoki e’tiqodidan kelib chiqib, ularning diniy ramzlari, muqaddas kitoblari, uylari, korxonalari, mulklari, maktablari, madaniy markazlariga qarshi qaratilgan har qanday zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, diniy joylar va ziyoratgohlarga qilingan barcha hujumlar keskin qoralanadi.

Hujjat mualliflari, shuningdek, musulmonlarning muqaddas kitobi – Qurʼoni Karimga qarshi fitnalarni qoralashga chaqirib, ularni “diniy nafrat harakati” deb ta’rifladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing