Bizni faol tadbirkorlar ham Bright Uzbekistan jurnalining sahifalarida bo‘lishi quvonarli - Xayrullo Bozorov

Maxsus loyiha

Avval xabar berganimizdek, 29-sentabr kuni Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti (CAMU) yangi kampusining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, qator xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan taniqli tibbiyot sohasi olimlari ishtirok etdilar.

Bizni faol tadbirkorlar ham Bright Uzbekistan jurnalining sahifalarida bo‘lishi quvonarli - Xayrullo Bozorov
Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ta’lim sohasi vakillarini, o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, ushbu universitet Markaziy Osiyoda tibbiyot sohasida o‘zining o‘rniga ega, malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim maskani bo‘lishiga umid bildirdi.

Tadbir davomida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga Bright Uzbekistan jurnali taqdim etildi. Hokim suhbat davomida, "Bizni faol tadbirkorlar ham Bright Uzbekistan jurnalining sahifalarida bo‘lishi quvonarli" deya ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing