Britaniyalik o'smir IQ testidan 160 ball to'pladi

Dunyo

Britaniyalik maktab o'quvchisi IQ testidan eng yuqori 162 balldan 160 ball to'plagan holda Yer yuzidagi eng aqlli odamlar klubi deb nomlanuvchi Mensa tashkilotiga a'zo bo'ldi.

Britaniyalik o'smir IQ testidan 160 ball to'pladi
Mutaxassislarning fikricha, Albert Eynshteyn va Stiven Xokingning aql darajasi xuddi shunday bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Sheffildlik 12 yoshli Sayrus Lyun pianino chalishni yaxshi ko'radi va kelajakda matematik bo'lishni rejalashtirmoqda. Uning otasi Frenk Lyun unga o'xshash qiziqishlarga ega do'stlar topish uchun Mensaga qo'shilishni maslahat bergan.

Ota-onaning “Daily Mail” nashriga aytishicha, Sayrus sinovdan oldin juda xavotirga tushgan va hatto soatini uyda unutib qoldirgan. Biroq, natijalar barcha kutganidan yuqori bo'ldi. Sayrus shunday yuqori ball to'plashga muvaffaq bo'lganidan juda faxrlanadi.

Ma’lumot uchun, Mensa – yuqori intellektga ega odamlarning xalqaro tashkiloti hisoblandi. A'zo bo'lish uchun IQ testini aholining 98 foizidan yaxshiroq topshirish talab etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing