Axios: Amerikaliklarning 60% Baydenni boshqa nomzodga almashtirmoqchi

Siyosat

Amerikalik saylovchilarning 60% AQSh prezidenti saylovida Jo Baydenning nomzodini almashtirishni afzal ko'rishadi. Bu haqda Axios portali Morning Consult guruhi tomonidan o'tkazilgan so'rov natijalariga asoslanib xabar berdi.

Axios: Amerikaliklarning 60% Baydenni boshqa nomzodga almashtirmoqchi
Tadqiqot natijalariga ko'ra, respondentlarning 60% Baydenni 27-iyun kuni bo'lib o'tgan telebahsda nutq so'zlaganidan keyin demokratik nomzod sifatida "albatta" yoki "ehtimol" almashtirish kerak, deb hisoblashadi.

Demokratik saylovchilarning 21% Baydenni "albatta almashtirmaslik kerak" deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, munozaralarni kuzatganlarning yarmidan ko‘pi prezidentlikka nomzod Donald Tramp Baydendan o‘zib ketganini aytishdi. Xususan, buni demokratlarning 19%, partiyasizlarning 60% va respublikachilarning 93% tan olgan.

So'rov AQShning 2 mingga yaqin voyaga yetgan aholisi orasida o'tkazildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing