Centrum Air mavsumning asosiy yo‘nalishlaridan birini ishga tushiradi – Antaliyaga kunlik reyslar

O'zbekiston

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent – Antaliya – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kunlik muntazam reyslar ishga tushirilishini e’lon qiladi. Parvozlar 29-maydan boshlanadi va yozgi mavsum davomida har kuni amalga oshiriladi.

Centrum Air mavsumning asosiy yo‘nalishlaridan birini ishga tushiradi – Antaliyaga kunlik reyslar
Ushbu uzoq kutilgan yo‘nalish aviakompaniya yoʻnalishlar tarmog‘ida yozgi mavsumning eng muhim yangiliklaridan biriga aylanadi.

Reyslar aviakompaniyaning uzoq masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan va qulaylik darajasi yuqori bo‘lgan keng fyuzelyajli Airbus A330 havo kemalarida amalga oshiriladi. Keng salon va o‘rindiqlar orasidagi masofaning kattaligi parvozni yuqori darajada qulay hamda yoqimli qiladi.

Aviachiptalar narxi bagaj bilan birga borish-kelish uchun 7,9 mln so‘mdan boshlanadi.

Antaliya anʼanaviy ravishda yozgi ta’til uchun eng ommabop kurort yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Turkiya sayyohlarni O‘rta dengizning yumshoq iqlimi, qumli plyajlari, rivojlangan mehmonxona infratuzilmasi va oilaviy mehmonxonalardan tortib faol ekskursiya dasturlarigacha bo‘lgan keng dam olish imkoniyatlari bilan o‘ziga jalb qiladi. 

Mintaqa, shuningdek, tarixiy diqqatga sazovor joylari, xushmanzara tabiati va yuqori darajadagi servisi bilan ham mashhur.

Antaliyaga kunlik reyslarning yo‘lga qo‘yilishi Centrum Air’ning yozgi marshrut dasturini yanada kengaytirib, yo‘lovchilarga ta’tilni rejalashtirish uchun ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi. Yozgi mavsum odatda kurort yo‘nalishlariga bo‘lgan talabning oʻsishi bilan ajralib turadi. Parvozlar chastotasining ortishi esa sayyohlar qiziqishiga mos keladi va qulay uchish variantlarini ta’minlash imkonini beradi.

(Reklama huquqi asosida)

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing