Centrum Air Pxuketga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
O'zbekiston
2025-yil 31-oktabrdan boshlab O‘zbekiston aviakompaniyasi Centrum Air Toshkentdan Janubi-Sharqiy Osiyoning eng mashhur yo‘nalishlaridan biri — Tailanddagi Pxuket oroliga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradi. Parvozlar haftasiga ikki marta zamonaviy Airbus A321neo samolyotlarida bajariladi.
Aviakompaniya asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov shunday dedi: «Pxuketga reyslarning ochilishi O‘zbekiston va butun mintaqa aholisi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Eng yaxshi kurortlarda dam olish qulay va hamyonbop bo‘lishi kerak — bu bizning strategiyamizning asosiy maqsadi».
Mazkur yo‘nalish Toshkent orqali Almati, Moskva, Novosibirsk, Istanbul, Dubay, Dushanbe, Boku, Tel-Aviv va Kopengagendan Pxuketga qulay tranzitlarni ham ta’minlaydi.
Shu tariqa, Toshkent Markaziy Osiyoning tez rivojlanayotgan aviatsiya xabi sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda, Centrum Air esa xalqaro tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda.

Powered by Froala Editor