Centrum Air repatriatsiya reyslarini amalga oshirishda davom etmoqda

O'zbekiston

8-mart kuni aviakompaniya Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha repatriatsiya reysini amalga oshirdi. Mazkur reys bilan 6-mart kuni Doha – Toshkent yo‘nalishida ucha olmagan yo‘lovchilarning qaytishi ta’minlandi. C63020 raqamli maxsus reys parvoz tashkil etilayotgan vaqtda Doha aeroporti yopiq bo‘lgani sababli Ar-Riyoddan bajarildi. Buning uchun yo‘lovchilar dastlab Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetkazildi va u yerdan aviakompaniya ularning Toshkentga parvozini tashkil qildi.

Centrum Air repatriatsiya reyslarini amalga oshirishda davom etmoqda
Aviakompaniya aviatsiya rasmiylari va aeroport xizmatlari bilan muvofiqlashtirilgan holda parvoz xavfsizligi va yo‘lovchilarning O‘zbekistonga qaytishini ta’minladi.

Ushbu ishlarning davomi sifatida 10-mart kuni Ar-Riyod – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reys rejalashtirilgan:

10-mart
C63020 Ar-Riyod 06:00 – Toshkent 14:00

Mazkur reys O‘zbekiston Respublikasining Qatar Davlati va Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan mintaqadagi fuqarolarni olib chiqish uchun tashkil etildi. Yo‘lovchilarning bir qismi Qatarga boshqa aviakompaniya reyslari bilan kelgan bo‘lib, hozirda Centrum Air ko‘magida O‘zbekistonga qaytish imkoniyatini kutmoqda.

Parvozlar xavfsizligi va kutilmagan vaziyatlarda yo‘lovchilarni qo‘llab-quvvatlash aviakompaniyaning ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.

Centrum Air yo‘lovchilarga tushunganlari va ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing