Centrum Air Toshkentda qahramon Xayrulla Ibodullayevni tantanali kutib oldi

O'zbekiston

2026-yil 28-fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgda ko‘rsatgan jasorati bilan barchaning e’tirofiga sazovor bo‘lgan hamyurtimiz Xayrulla Ibodullayevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Centrum Air Toshkentda qahramon Xayrulla Ibodullayevni tantanali kutib oldi
O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yetti yoshli bolakayni qutqargan Xayrulla yuksak matonat va fidoyilik namunasini ko‘rsatdi. Aeroportda uni aviakompaniya vakillari, jurnalistlar, yaqinlari hamda ushbu qahramonlik uchun o‘z minnatdorchiligi va hurmatini bildirishga kelgan ko‘plab fuqarolar kutib olishdi.

Ko‘rsatgan jasorati uchun u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan «Jasorat» davlat medali bilan taqdirlandi.

Uning qahramonligi va yuksak fuqarolik mas’uliyati uchun cheksiz minnatdorchilik belgisi sifatida Centrum Air aviakompaniyasi Xayrullaga besh yil davomida yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha parvozlar uchun bepul chiptalar taqdim etuvchi shaxsiy sertifikatni topshirdi. Bundan tashqari, Centrum Holidays turoperatori qahramonning oilasiga maxsus sovg‘a — Xayrulla Ibodullayevning ota-onasi uchun Umra ziyoratiga yo‘llanma tuhfa etdi.

Tantanali taqdirlash marosimi samimiy hurmat va qo‘llab-quvvatlash ruhida o‘tdi, OAV vakillari esa qahramon bilan shaxsan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Centrum Air o‘z hamyurti bilan faxrlanadi, insoniy qadriyatlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi hamda Xayrulla va uning oilasiga, shuningdek, barcha yo‘lovchilarga sog‘lik, omonlik va xavfsiz sayohatlar tilaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing