Centrum Air uchta yangi yo‘nalishni ochadi: Yekaterinburg, Ufa va Perm
Biznes
Centrum Air aviakompaniyasi o‘z yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda va uchta yangi yo‘nalish — Yekaterinburg, Perm va Ufaga muntazam yo‘lovchi reyslari yo‘lga qo‘yilishini e’lon qiladi. Ushbu yo‘nalishlar O‘zbekistondan yo‘lovchilarga Ural va Volgabo‘yining sanoat hamda madaniy markazlariga tez va qulay yetib borish imkonini beradi.
Toshkent–Yekaterinburg yo‘nalishidagi reyslar 2026-yil 4-sentyabrdan boshlanadi va haftasiga bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 1,8 mln so‘mdan boshlanadi.
Yekaterinburg — Rossiyaning aholisi soni bo‘yicha to‘rtinchi yirik shahri, Uralning sanoat, biznes va madaniyat markazi. Shahar boy madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi: bu yerda mashhur Ermitaj muzeyi filiali, qiziqarli muzeylar, jahon darajasidagi teatrlar mavjud, shuningdek, muntazam ravishda yirik festival va ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
Ufaga reyslar 2026-yil 3-sentyabrdan boshlanadi va haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Toshkent–Ufa yo‘nalishidagi aviachiptalar 2,3 mln so‘mdan sotuvga chiqarilgan.
Ufa — Boshqirdiston Respublikasi poytaxti va Volgabo‘yining yirik madaniy markazlaridan biri. Go‘zal Belaya daryosi bo‘yida joylashgan shahar boy tarixi va ko‘p millatli muhiti bilan sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladi. Shahar an’anaviy boshqird madaniyatini asrab-avaylash markazi bo‘lib, butun Rossiyada e’tirof etilgan o‘ziga xos boshqird milliy taomlari bilan ham mashhur.
Centrum Air, shuningdek, Toshkent–Perm yo‘nalishi ochilishini e’lon qiladi. Reyslar 7-sentyabrdan boshlanib, haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 2,7 mln so‘mdan boshlanadi.
Perm — Kama daryosining go‘zal sohillarida joylashgan Uralning yirik madaniy markazi. Shahar jo‘shqin madaniy hayoti va ijodiy muhiti bilan sayohatchilarni o‘ziga jalb qiladi. Shaharning tarixi, boy madaniy merosi va me’moriy yodgorliklari tarix va madaniyat ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otadi.
Barcha yangi yo‘nalishlardagi reyslar yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlik standartlarini ta’minlaydigan zamonaviy va ishonchli Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Muntazam parvozlar jadvali yo‘lovchilarga xizmat safari yoki sayohat maqsadlaridan kelib chiqib safarlarini qulay rejalashtirish imkonini beradi.
Yekaterinburg, Perm va Ufaga reyslarning yo‘lga qo‘yilishi Centrum Air’ning O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlarni yanada rivojlantirish strategiyasining bir qismidir. Yangi yo‘nalishlar ishbilarmon yo‘lovchilar, sayyohlar va boshqa safar qiluvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, savdo-sotiq, madaniy almashinuv hamda hududlararo aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Yo‘lovchilar barcha yangi yo‘nalishlar uchun aviachiptalarni Centrum Air rasmiy sayti yoki mobil ilovasi (App store va Google Play’da mavjud) orqali xarid qilishlari mumkin.

Powered by Froala Editor