Chavandozlarimiz konkur boʻyicha xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

Sport

Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Emerald Stables Cup xalqaro turniri boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda O’zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Chavandozlarimiz konkur boʻyicha xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar
Unda ishtirok etgan oʻzbekistonlik chavandozlar yuqori natijalarni qayd etishdi.

Xususan, hamyurtlarimiz turnir davomida 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Kumush medal:

Bekzod Qurbonov (Santo Hippica laqabli otda), 130 sm toʻsiq balandligi

Bronza medal:

Xurshidbek Alimjonov (Champions League), 130 sm

Xurshidbek Alimjonov (Champions League), 135 sm

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing