CNN: ukrainalik erkaklar frontda xizmat qilish yoki xizmat qilmaslik tanlovi oldida turibdi

Dunyo

18-may kuni kuchga kirgan yangi safarbarlik to'g'risidagi qonunga ko'ra, ukrainalik erkaklar bo'ysunib, frontga borish yoki bo’yin tovlab, jarima-yu qarg’ishga qolish tanlovi oldida turibdilar. Bu haqda CNN xabar berdi.

CNN: ukrainalik erkaklar frontda xizmat qilish yoki xizmat qilmaslik tanlovi oldida turibdi
Ukraina ko'proq askarlarga muhtojligini yashirmayapti. Hukumat halok bo‘lganlar va yaradorlar sonini oshkor qilmasa-da, ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya 2022-yil fevralida keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan beri mojaroning har ikki tomonida yuz minglab qurbonlar bor.

Askarlarning yetishmasligi allaqachon xizmatda bo'lganlarga ham katta bosim o'tkazmoqda.

“Urush haligacha davom etmoqda va safarbarlik o’ta zarur. Ikki yildan beri urushda qatnashayotgan odamlar holdan toygan. Ayrimlar aqldan ozmoqda”, — deydi hozirda 128-tog‘li hujum brigadasida xizmat qilayotgan Yaroslav Galas.

“Askarlar bir necha oy davomida yaxshi dam olishlari kerak. Ular tuzalishlari, dam olishlari va urushni unutishlari kerak. Ular ter va qon bilan ishlab topgan pullarini sarflashlari, iqtisodiy va shaxsiy muammolarini hal qilishlari darkor”, —dedi u.

Ammo harbiy xizmat hamma uchun emas. CNN har qanday yo'l bilan harbiy xizmatdan qochmoqchi bo'lgan bir kishi bilan suhbatlashdi. U jazolanishdan qo‘rqib, ismi oshkor etilishini istamadi.

“Xandaq qazishdan yoki harbiy obyektlarni qo‘riqlashdan ko‘ra pul topishim va mamlakatga dollar olib kelishim foydaliroq bo‘ladi, deb hisoblayman”, —dedi u.

U Ukrainada Rossiya tomonidan urushda bosib olingan hududlarni harbiy yo‘l bilan qaytarib olish uchun yetarlicha qurol-yarog‘ yo‘qligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, oldinga siljishning yagona yo'li — Ukrainani o'z hududiga qaytaradigan siyosiy kelishuvga erishishdir.

U, shuningdek, agar chaqiruv bo'yicha bildirishnoma olsa, mamlakatni tark etishini aytdi.

“Ketishni xohlamayman. Yevropa unchalik chiroyli va quyoshli emasligini bilaman. Lekin urush yoki chet elga borishni tanlash kerak bo'lsa, men chet elni tanlardim. Hatto pora berishga ham tayyorman. Men uchun hayotib muhimroq. Urushda halok bo’lish ehtimoli juda yuqori, deb o’ylayman", — dedi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing