Daraxt ekishni xohlovchilar o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi mumkin bo‘ladi

O'zbekiston

O’zbekiston rahbari “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Daraxt ekishni xohlovchilar o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi mumkin bo‘ladi
Xususan, Toshkent viloyatida daraxt ekish bo‘yicha boshlangan loyihaga ko‘ra, Nurafshon, Bekobod shahri, O‘rtachirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi.

Har 1 gektar uchun mahalliy byudjetdan 100 million so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinadi. Yer tayyor holga keltirilgach, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.

Bu tashabbus ma’qullanib, har bir viloyatda kamida 20 gektardan yer ajratib, ushbu tajribani boshlash topshirildi.

Viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlaridagi kamida 2 tadan markaziy ko‘chada mahalliy iqlimga mos gul ko‘chatlarini ekib, ularni tematik ko‘chaga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Poytaxtda amal qilayotgan yirik qurilish loyihalarida maydonning kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyati barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.

Bundan tashqari, Ekologiya vazirligiga “Mening bog‘im” loyihasini ishga tushirish topshirildi. Bunga byudjetda nazarda tutilgan 50 milliard so‘m ajratiladi. Joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parklarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing