Davlat departamenti: AQSh Ukrainada o't ochishni to'xtatish bo'yicha Rossiya bilan muzokara o'tkazmagan

Siyosat

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmatiga ko'ra, Amerika rasmiylari rossiyalik hamkasblari bilan Ukrainadagi mojaroga barham berish bo'yicha muzokaralar olib bormagan.

Davlat departamenti: AQSh Ukrainada o't ochishni to'xtatish bo'yicha Rossiya bilan muzokara o'tkazmagan
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiya tomonidan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni rad etgani ham ma’lum bo‘lgan edi.

Davlat departamenti ular "Ukrainasiz Ukraina haqida hech narsa" tamoyiliga amal qilishlarini va Ukrainani hududni berishga majburlashni qo'llab-quvvatlamasligini aytdi. Ular, shuningdek, Rossiya mojaroga barham berishdan manfaatdor ekanini bildirgan boʻlsa-da, Rossiya rasmiylari oʻzlarining dastlabki talablaridan voz kechishni nazarda tutuvchi muzokaralarni boshlashga tayyorligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligini taʼkidladilar.

“Reuters” manbalariga ko‘ra, 2023-yilda prezident Putin vositachilar orqali AQShga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishga tayyorligi haqidagi xabarni yetkazgan. Biroq, Rossiya o'z nazorati ostidagi hududlardan voz kechishga tayyor emas edi. Agentlik suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomoni bilan muzokaralar bo‘lib o‘tmadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing