Davlat mulkini xususiylashtirish: yangi qonun oshkoralikni ta’minlaydi
O'zbekiston
O‘zbekiston Senati davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini oshkora va shaffof amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunni qabul qildi. Ushbu qonun davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish sohasidagi islohotlarni kuchaytirish bilan birga, qulay investitsiya muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida davlat tashkilotlariga tegishli mol-mulk garovga qo‘yilmaydi. Bu norma xususiylashtirish qarori qabul qilingan kundan boshlab jarayon to‘liq tugaguniga qadar amal qiladi. Mazkur qoidalar davlat mulkini boshqarishda tartibni ta’minlash va mulkni o‘zlashtirish xavfini kamaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, “Homiylik to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida homiylik xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi belgilandi. Bu me’yorlar homiylik faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Yangi qonun homiylik faoliyatida aniqlik va shaffoflikni oshirish bilan birga, xo‘jalik jamiyatlarining samarali boshqaruviga ham hissa qo‘shadi. Bu o‘zgarishlar davlat mulkini boshqarish tizimining yana-da takomillashishiga xizmat qiladi.
Senatorlar tomonidan ma’qullangan qonun davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini aniq va shaffof amalga oshirilishini kafolatlaydi hamda investorlar uchun ishonchli sharoit yaratadi.

Powered by Froala Editor