Davlatimiz rahbari BAA investorlarini qabul qildi

Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi investorlar kengashining birinchi yigʻilishi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari BAA investorlarini qabul qildi
Uchrashuvda “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al-Ramahiy va “AMEA Power” raisi Husayn Al Novays ishtirok etdi.

Muloqot chogʻida Amirliklar bilan strategik sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon oʻzaro savdo hajmi 40 foizga oʻsdi. Yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Suhbat yakunida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, tarmoqlar va sanoat kooperatsiyasi, turizm va xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlardagi loyihalarni jadallashtirish hamda kengaytirishga kelishib olindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing