Davlatimiz rahbari choʻllanishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi

Dunyo

Antaliya shahrida boʻlib oʻtayotgan Jahon iqlim sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining oʻrinbosari, BMTning Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrochi kotibi Yasmin Fuad bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Davlatimiz rahbari choʻllanishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
Choʻllanishga qarshi kurashish, tanazzulga uchragan yerlarni tiklash va iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Samarali hamkorlik doirasida soʻnggi besh yil davomida 15 ta qoʻshma loyiha amalga oshirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Orolboʻyi hududida ekologik muvozanatni tiklash, oʻrmonlar maydonini kengaytirish va qurgʻoqchil ekotizimlar barqarorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uglerod yutilishini hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish va karbon moliyasi mablagʻlarini jalb etish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida choʻllanishga qarshi kurashish va ekologik barqarorlikni taʼminlash sohalarida sheriklikni yanada mustahkamlash hamda qoʻshma tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing