Davlatimiz rahbari Samarqandga jo‘nab ketdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga jo‘nab ketdi. Bu yerda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Davlatimiz rahbari Samarqandga jo‘nab ketdi
25–26 avgust kunlari Samarqand muhim xalqaro voqeaga mezbonlik qiladi. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etiladi.

Tashrif O‘zbekiston va Iordaniya munosabatlariga yangi sur’at berishi, turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkonini ochishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing