“Diffision Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasiga start berildi

O'zbekiston

O’zbekistonda ilk bor tashkil etilayoygan va “Yangi O’zbekiston“ universitetida bo’lib o’tayotgan “Diffision Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

“Diffision Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasiga start berildi
Joriy yilning 6-8 sentabr kuni, har 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladigan “Diffision Fundamentals” xalqaro ilmiy konferensiyasi boshlandi. Konferensiya ilmiy multidisiplinar tadbir hisoblanib, unga dunyo miqyosidagi kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika fanlarining yetuk tadqiqotchi-olimlar taklif etildi.

Spikerlar tomonidan jahonning global ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarining yechimi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ma’ruza sessiyalari tashkil etildi.

Konferensiya bugunga qadar 9 marta o‘tkazilgan, jumladan Germaniya (4 marta), Italiya (1), Gretsiya (1), AQSh (1), Rossiya (1) va Polsha (1) davlatlarida tashkil etilgan.

Konferensiya faoliyati davomida 1 600 dan ortiq tadqiqotchi-olimlarni birlashtirib, katta ixtirolar va muammolarga eksklyuziv yechimlar bera olgan.

18 yillik tarixga ega bo‘lgan konferensiya o‘z ishini O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston” universitetida davom ettirmoqda.
Bu safargi Konferensiya tashkilotchilari sifatida “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Gongkong fan va texnologiya universiteti huzuridagi Buyuk Yevroosiyo tadqiqot markazi hamda Sakson fanlar va gumanitar fanlar akademiyasi ishtirok etmoqda.

Konferensiyaga Yevropa Ittifoqi va boshqa g‘arb davlatlaridan 40 dan ortiq xalqaro darajadagi nufuzli olimlar, shuningdek Markaziy Osiyodan 30 dan ortiq tadqiqotchilar ishtirok etishmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing