Dunyodagi eng past bo‘yli ayol yana bir rekord o‘rnatdi
Dunyo
Hindistonlik 31 yoshli Jyoti Amge yangi dunyo rekordini qo‘lga kiritdi. Uning bo'yi 62,8 sm (2 fut 0,7 dyuym). Londonda uning mitti qo‘llari o‘lchandi va ular rasman dunyoning eng kichik qo‘llari sifatida tasdiqlandi.
Jyotining chap qo‘lining uzunligi 7,1 sm (2,79 dyuym), o‘ng qo‘lining uzunligi esa 7,2 sm (2,83 dyuym). Tasavvur qilish uchun, bu o‘lchov bir shisha Coca-Colaning balandligining yarmiga teng (12,2 sm; 4,8 dyuym) va beysbol to‘pining diametridan ham kichikroq (7,4 sm; 2,9 dyuym).
Standart iPhone telefoni uning qo’llari oldida bahaybat ko‘rinadi.
Biroq, ishonish qiyin bo‘lsa-da, uning qo‘llari dunyoning eng past bo‘yli erkak, Eronlik Afshin Gaderzadehnikidan kattaroq. Uning bo‘yi 65,24 sm (2 fut 1,69 dyuym).
Afshinning chap qo‘li 6,7 sm (2,63 dyuym), o‘ng qo‘li esa 6,4 sm (2,51 dyuym).
Ma’lumot uchun, Dunyoning eng baland bo'yli ayoli turkiyalik veb-dizayner Rumeysa Gelgi hisoblanadi. U 2021 yilda dunyodagi eng baland ayol sifatida qayd etilgan. Uning bo‘yining balandligi juda kam uchraydigan uiver sindromi bilan bog‘liq.
Gelgi dunyoda ushbu sindrom bilan tashxis qo‘yilgan 27 qizdan biri. 27 yoshli Gelgi ayollar orasida dunyodagi eng katta qo‘llar (24,93 sm), eng uzun bel (59,90 sm) va eng uzun quloqlar (o‘rtacha o‘lchami 9,58 sm) rekordlariga ham egalik qiladi.
Shuningdek, hindistonlik aktrisa Jyoti Amge esa axondroplaziya nomli suyak o‘sishi buzilishi kasalligi bilan tug‘ilgan. U “Amerika dahshat hikoyasi: G‘alati shou” serialida rol ijro etgan va tarixdagi eng past bo‘yli aktrisa sifatida tanilgan.

Powered by Froala Editor