Durovning qo‘lga olinishi Telegram yuklab olishlarini keskin oshirdi

Texnologiya

Shanba kuni Telegram asoschisi Pavel Durov noqonuniy faoliyatga yo‘l qo‘ygani uchun hibsga olingani xabar qilindi.

Durovning qo‘lga olinishi Telegram yuklab olishlarini keskin oshirdi
Uning moderatsiya siyosati yetarli darajada amalga oshirilmagani, xususan, narkotiklar savdosi, pul yuvish va bolalar jinsiy zo‘ravonligi materiallari tarqalishiga yo‘l qo‘yilgani bo‘yicha ayblovlar mavjud. Shunga qaramay, TechCrunch ma’lumotiga ko‘ra, Telegram ilovasi yuklab olishlarda sezilarli o‘sish kuzatilmoqda va hozirda AQSh App Store’da ijtimoiy tarmoqlar bo‘limida 2-o‘rinni egallamoqda.

Durovning qo‘lga olinishi darhol ilovaning mashhurligiga ta’sir qilmagan. Bu ko‘pchilikning xabardan faqat dam olish kunlaridan so‘ng xabardor bo‘lgani yoki App Store reytinglaridagi o‘zgarishlar biroz kechikib kuzatilgani bilan izohlanishi mumkin.

Fransiyada, ayniqsa, Durovning hibsga olingan joyida, Telegram App Store’da ijtimoiy tarmoqlar bo‘limida 1-o‘rinni egallab, umumiy reytingda 3-o‘ringa ko‘tarildi. AQShda esa Telegram umumiy ilovalar reytingida 18-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarilgan.

App Store reytinglari odatda ilovalarni o‘rnatish soni va yuklab olish tezligi kabi bir nechta omillar asosida shakllantiriladi. Shunga qaramay, Telegram atrofidagi media diqqat markazi, hatto salbiy bo‘lsa ham, ilovaning reytingda yuqorilashiga yordam berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing