Ekologiyaga e’tibor: yangi rahbar o‘rinbosari tayinlandi

O'zbekiston

O‘zbekistonda ekologiya sohasidagi boshqaruv tizimi kuchaytirilmoqda — Ekopolitsiya va Ekologiya qo‘mitasida yangi tayinlov amalga oshirildi.

Ekologiyaga e’tibor: yangi rahbar o‘rinbosari tayinlandi
Fazlitdin Salomov Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mazkur qarorni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva imzoladi.

Ekopolitsiya o‘tgan yil noyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha alohida huquqni muhofaza qilish vakolatlariga ega.

Yangi tayinlov ekologik nazorat tizimini mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat siyosatini yanada samarali amalga oshirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing