Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovda g‘alaba qozondi

Siyosat

Ekvador prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda amaldagi davlat rahbari, konservator Daniel Noboa g‘alaba qozondi. Uning raqibi, markazchi chap qanot vakili Luisa Gonsales esa saylov natijalarini tan olmasligini bildirdi.

Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovda g‘alaba qozondi
Amaldagi prezident Daniel Noboa saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Konservativ siyosatchi 55,5 foizdan ortiq ovoz oldi. Uning raqibi Luisa Gonsales esa 44,5 foizdan kam ovoz to‘pladi. Bu haqida mamlakat Markaziy saylov komissiyasi 14-aprel, dushanba kuni, 96,75% byulletenlar hisoblangach, rasmiy saytida e’lon qildi.

MSK ma’lumotiga ko‘ra, saylovda 11,1 million fuqaro yoki 83 foizdan ortiq saylovchi ishtirok etdi.

Luisa Gonsales saylov natijalarini "eng jirkanch firibgarlik" va "diktatura" deb atab, ovozlar qayta sanalishini talab qildi. U bu haqidagi murojaatini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Daniel Noboa 2023-yil oktabr oyida, 35 yoshida prezident etib saylangan edi. Uning birinchi muddati atigi 1,5 yil davom etdi, chunki oldingi prezident Gilermo Lasso impichment tahdidi sababli muddatidan oldin lavozimini tark etgandi. Noboa bu muddatni yakunladi va endi to‘rt yillik yangi prezidentlik muddatiga saylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing