Endi qog'oz shaklidagi "spravkalar" o'tmaydi

O'zbekiston

2025-yil 1-yanvardan boshlab, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, mamlakat hududida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqalari ("bolnichniy") va boshqa turdagi tibbiy ma'lumotnomalar faqat elektron shaklda beriladi.

Endi qog'oz shaklidagi "spravkalar" o'tmaydi
Mazkur qarorga asosan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yoki boshqa tibbiy ma'lumotnomalarni qog'oz shaklida talab qilish yoki taqdim etish taqiqlanadi. Bu o'zgarish davlat xizmatlari sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tizimni raqamlashtirish bir qator avzalliklarga ega. Bunda elektron hujjatlar tizimini joriy etish bilan birga, shifoxonalar va poliklinikalar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanmoqda.

Fuqarolar uchun qulayliklar: Elektron tizim orqali hujjatlarni olish jarayoni ancha soddalashtirilgan. Endi fuqaro ishga yaroqsizlik yoki boshqa sabablar bo'yicha hujjat olish uchun uzoq vaqt sarflamaydi, barcha jarayon masofadan turib amalga oshiriladi.

Shaffoflik va halollikni oshirish: Elektron tizim hujjatlarni soxtalashtirish ehtimolini minimallashtiradi. Har bir hujjatning haqiqiyligi avtomatik ravishda tasdiqlanadi va uni kuzatish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Tezkor ma'lumot almashinuvi: Davlat idoralari va tashkilotlar o'rtasida ma'lumot almashinuvi tezlashadi, bu esa ish beruvchilarga hujjatlarni tekshirishda vaqtni tejash imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing