Endi voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlarning bolalar bilan ishlashi man etiladi
O'zbekiston
Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Senat raisi Tanzila Narbaeva maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, aprel oyida Senatda tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.
Ushbu hujjatga asosan, qonunchilikka voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning bolalarga ta‘lim, tarbiya berish, ularni sog‘lomlashtirish, bolalar sporti, ijodiy tashkilotlarda ishlashini taqiqlovchi norma kiritilgan.
“Kuni kecha Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reestrini yuritish tartibi tasdiqlandi. Endilikda qasddan odam o‘ldirish, voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tegish, voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish yoki saqlash, terrorizm, shuningdek boshqa turdagi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar mazkur reyestrga kiritiladi. Reestr maxsus axborot tizimi orqali shakllantiriladi va yuritiladi”, dedi Senat raisi.
Tanzila Narbaevaning aytishicha, reestrga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma‘lumotlar asosida nazorat qilib boriladi.
“Qonunchiligimizdagi bu kabi o‘zgartirishlar zamon talablariga xos va insonparvarlik uchun o‘ta ahamiyatlidir.
Oldimizda ushbu sohada yechimini kutayotgan yana qator masalalar mavjud. Biz bu yo‘nalishdagi ishlarimizni faol davom ettirgan holda, qonunlarni yanada takomillashtirishga, targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratamiz”, dedi u.
Narbaeva xonimning alohida taʼkidlashicha bundan buyon ham ayollarimiz va farzandlarimizning huquqlarini ishonchli himoya qilish faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Powered by Froala Editor