Endryu Teyt kutilmaganda O‘zbekistonda paydo bo‘ldi

Biznes

Mashhur internet-inflyuenser va sobiq kikboksing chempioni Endryu Teyt ukasi Tristan Teyt bilan birga O‘zbekistonda ko‘rildi. Ularning tashrifi ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi, biroq safar tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.

Endryu Teyt kutilmaganda O‘zbekistonda paydo bo‘ldi
Guvohlarning aytishicha, mehmonlar o‘zbek mehmondo‘stligi an’analariga muvofiq iliq kutib olingan va ularga milliy choponlar taqdim etilgan.

Endryu Teyt sobiq jahon chempioni bo‘lib, so‘nggi yillarda internetdagi eng muhokama qilinayotgan shaxslardan biriga aylangan. U pul, muvaffaqiyat va turmush tarzi haqidagi fikrlari, shuningdek onlayn loyihalari va ta’lim platformalari orqali keng tanilgan.

Shu bilan birga, uning obro‘si bahsli bo‘lib qolmoqda: ayrimlar uni motivator va muvaffaqiyatli tadbirkor deb bilsa, boshqalar uning keskin va provokatsion bayonotlarini tanqid qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing