Erdog‘an: Prezident Mirziyoyev O‘zbekistonni mintaqaviy tortishish markaziga aylantirdi

Dunyo

2024-yilning 6-iyun kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.

Erdog‘an: Prezident Mirziyoyev O‘zbekistonni mintaqaviy tortishish markaziga aylantirdi
Prezident Erdog‘an o‘z nutqida Turkiya-O‘zbekiston Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev va uning Anqaradagi delegatsiyasini qabul qilishdan juda mamnun ekanini ta'kidladi.

Erdog‘an 2018-yilda Mirziyoyev bilan Turkiya-O‘zbekiston Oliy darajadagi Srategik hamkorlik kengashini tuzganini, 2020-yilda esa mamlakatlar o‘zaro munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘targanini eslatdi.

“Ushbu qadamlar tufayli biz eng qisqa vaqt ichida 5 milliard dollarlik maqsadli savdo hajmiga erishamiz, deb ishonaman”, — dedi Turkiya rahbari.

Bundan tashqari, Prezident Erdog‘an Prezident Mirziyoyev o‘zining uzoqni ko‘ra oladigan rahbarligi orqali O‘zbekistonni mintaqaviy tortishish markaziga aylantirganini ta’kidladi.

“U [Shavkat Mirziyoyev] O'zbekistonni energiyadan tortib qishloq xo'jaligigacha bo'lgan turli sohalarda amalga oshirgan iqtisodiy islohotlar orqali havas qiladigan natijalarga olib keldi. Qisqa fursatda O‘zbekistonni qudratli davlatga aylantirgan birodarimni chin yurakdan tabriklayman”, — dedi u.

Erdog‘an prezident Mirziyoyev Turkiyaning yaqin do'sti ekanini va u buni lavozimga kirgan kundan boshlab qo’yib kelayotgan qat'iy qadamlari bilan ko'rsatayotganini aytdi.

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev qo'shma matbuot anjumanida so'zlagan nutqida Falastin-Isroil mojarosiga to'xtalib, demokratiya va inson huquqlarini himoya qiluvchi yetakchi va rivojlanayotgan davlatlar G'azodagi vahshiyliklarga ko'z yumayotganini ta'kidladi. "Bu zo'ravonlik to'xtatilishi va tinchlik jarayoni boshlanishi kerak", — dedi u.

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an va Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ikki davlat o‘rtasida 18 ta shartnoma imzolandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing