Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga kirishini ma'qulladi
Dunyo
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni tasdiqladi. Hujjat hukumatning "Resmi Gazete" gazetasida e’lon qilindi, deb yozadi Anadolu.
"2022-yil 5-iyulda Bryusselda imzolangan “Shvetsiya Qirolligining Shimoliy Atlantika shartnomasiga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi protokol” ratifikatsiya qilindi", deyiladi xabarda.
Shu tariqa, Anqara Stokgolmning alyansga a’zoligini tasdiqlash jarayonini rasman yakunladi.
Vengriya Shvetsiyaning alyansga qo'shilish arizasini hali ratifikatsiya qilmagan NATOga a'zo yagona davlat bo'lib qolmoqda. NATOga a'zo bo'lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a'zolari tomonidan ma'qullanishi kerak.
Shvetsiya Finlyandiya bilan birga 2022-yilning yozida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Finlyandiya 2023-yil aprel oyida NATOga aʼzo boʻldi.

Powered by Froala Editor