Erkinjon Turdimov Samarqand hokimi etib tayinlandi

O'zbekiston

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida yana ushbu lavozimga qayta tasdiqlandi.

Erkinjon Turdimov Samarqand hokimi etib tayinlandi
Erkinjon Turdimov 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, 2018 yildan buyon Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Samarqand viloyat hokimi lavozimiga nomzod bo‘yicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkazish uchun sessiya ishida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev Prezident tomonidan Turdimov nomzodi ko‘rsatilgani haqida ma’lum qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing