Eron 2026-yilning yangi jahon harorat rekordini qayd etdi

Dunyo

Anomal issiq Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoni qamrab olib, yangi rekordlarni o‘rnatishda davom etmoqda. Eronda 2026-yil boshidan buyon dunyodagi eng yuqori havo harorati — +52,1°C qayd etildi.

Eron 2026-yilning yangi jahon harorat rekordini qayd etdi
IRNA agentligi ma'lumotiga ko‘ra, rekord ko‘rsatkich 14-iyul kuni Fors viloyatidagi meteorologiya stansiyalaridan birida qayd etilgan. Bu natija 12-iyul kuni Dehloron shahrida kuzatilgan +51,5°C haroratdan ham yuqori bo‘ldi.

Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, kuchli issiq to‘lqini mintaqa bo‘ylab davom etadi. Yaqin kunlarda O‘zbekiston va Tojikistonda havo harorati +46°C gacha ko‘tarilishi mumkin.

Mutaxassislar fuqarolarga quyosh ostida uzoq vaqt qolmaslik, yetarli miqdorda suv iste'mol qilish va ayniqsa kunning eng issiq soatlarida ehtiyot choralariga rioya etishni tavsiya qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing