Farruh Omonov Prezident Xalq qabulxonasiga boshliq bo‘ldi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Farruh Farxodjonovich Omonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Farruh Farxodjonovich Omonov Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari — Prezident Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
U 2025-yil 30-iyul kunidan buyon PA Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi, undan avval PA Axborot ta’minoti va OAV bilan aloqalar shu’basi mudiri bo‘lib ishlagan.
Farruh Omonov 1988-yil 19-dekabrda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. U dastlab Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasida qator vazifalarda faoliyat olib borgan.
Omonov hukumatning 2020-yil 30-oktabrdagi qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan. Oradan bir yil o‘tib, 2021-yil dekabrida Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri lavozimida ish boshlagan.

Powered by Froala Editor