Finlyandiya 14-dekabr kuni Rossiya bilan chegarani ochishi mumkin
Dunyo
Finlyandiya chegarachilari sharqiy chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlaridagi ayrim to‘siqlarni olib tashlashga hozirlik ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Finlyandiya rasmiylari agar muhojirlar oqimi qayta tiklansa, chegara yana yopilishiga to‘g‘ri kelishini istisno qilmayapti.
Finlyandiya Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga tayyorlanmoqda. To‘siqlar 14-dekabr kuni qisman olib tashlanadi. Bu haqda DW xabar berdi.
Finlyandiya janubi-sharqiy chegara xizmati vakili Xayki Ahtiainenning so‘zlariga ko‘ra, to‘siqlarning bir qismi joyida qoladi, chunki Finlyandiya nazorat-o‘tkazish punktini yana yopishga to‘g‘ri kelishini istisno etmaydi.
“Agar chegaralar ochilsa, bu ( uchinchi mamlakatlardan kelayotgan muhojirlarning katta oqimi – tahr.) davom etadimi yoki yoʻqligini koʻrishimiz kerak”, dedi Ahtiainen.
Uning ta'kidlashicha, Finlyandiya chegara xizmati boshpana izlovchilarning yangi oqimi yuzaga kelsa, sharqiy chegaradagi cheklovlarni uzaytirishga tayyor.

Powered by Froala Editor