Fransiya Falastinni tan oldi: BMT sessiyasida diplomatik yutuq

Dunyo

Fransiya rasman Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. Bu haqda Prezident Emmanuel Makron Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi.

Fransiya Falastinni tan oldi: BMT sessiyasida diplomatik yutuq
Fransiya Buyuk Britaniya, Portugaliya, Kanada va Avstraliyadan keyin Falastin davlatini tan olgan navbatdagi davlat bo‘ldi.

“Biz endi kutib turolmaymiz”, — dedi Makron, ikki davlat yechimi zarurligini ta’kidlab. U 7-oktabr voqealarini qoralab, “Hech narsa davom etayotgan urushni oqlay olmaydi”, deya qo‘shimcha qildi. Prezident, shuningdek, barcha garovdagilar ozod qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Isroil delegatsiyasi Makronning nutqi vaqtida zalda qatnashmadi — ularning o‘rinlari bo‘sh qoldi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa Fransiyaning bu qarorini “terrorizm uchun katta mukofot” deb atadi.

Shu bilan birga, Monako, Lyuksemburg, Malta va Belgiya ham Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. Bu xalqaro maydonda Falastin davlatiga qo‘llab-quvvatlash kuchayayotganini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing