Fransiya Rossiya uchun Boltiq dengizini bloklash ehtimolini tilga oldi
Dunyo
Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi Boltiq mintaqasidagi kuchlar muvozanatini tubdan o‘zgartirdi va alyansga Rossiyaning dengiz yo‘llarini nazariy jihatdan to‘sib qo‘yish imkonini berdi. Bu haqda Fransiya qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general Fabien Mandon Parijdagi dengiz konferensiyasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Shimoliy Yevropaga kengayishi natijasida Boltiq dengizi amalda alyans nazoratiga o‘tgan. Zarurat tug‘ilganda, Rossiya mintaqadagi dengiz kommunikatsiyalarining yopilishiga duch kelishi mumkin.
Finlyandiya va Shvetsiya mos ravishda 2023 va 2024 yillarda NATOga qo‘shilib, alyansning 31- va 32-a’zolariga aylandi. Bu qaror Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaro fonida qabul qilingan.
General Mandon Fransiya yirik harbiy mojarolar qaytishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rayotganini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, kelajakda bu Boltiq va O‘rta yer dengizi kabi muhim dengiz hududlarini to‘liq nazorat qilish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
U, shuningdek, Fransiya harbiy-dengiz kuchlari ittifoqchilar bilan birgalikda G‘arb noqonuniy deb hisoblaydigan Rossiya neft savdosini to‘xtatish ustida ishlayotganini bildirdi. Xususan, 22 yanvar kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘rta yer dengizida sanksiyalarni chetlab o‘tishda foydalanilgan deb taxmin qilingan tanker ushlanganini ma’lum qilgan.
Avvalroq general Mandon Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv xavfi haqida ogohlantirib, fransuz jamiyatini ehtimoliy qurbonlar va iqtisodiy qiyinchiliklarga tayyor bo‘lishga chaqirgan edi.

Powered by Froala Editor