Fransiya sobiq prezidentining qamoq muddati qisqartirildi

Dunyo

Parij apellyatsiya sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining 2012-yildagi saylovoldi kampaniyasini moliyalash ishi bo‘yicha hukmni yumshatib, uning qamoq muddatini 6 oyga qisqartirdi, deb xabar bermoqda “France 24”.

Fransiya sobiq prezidentining qamoq muddati qisqartirildi
Sarkozi jazoni elektron bilaguzuk bilan uyda o‘tash imkoniyati bilan bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Apellyatsiya sudi bu muddatni olti oyga qisqartirishga qaror qildi, shu bilan birga sobiq prezidentni olti oy shartli qamoq jazosiga hukm qildi.

"Bygmalion” ishi haqida gap ketmoqda. 2012-yilgi saylov kampaniyasi davomida xizmat ko’rsatgan PR agentligi shunday nomlanadi. Unda Sarkozi Xalq harakati uchun ittifoq partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan. Prokurorlarning taʼkidlashicha, siyosatchi oʻzining 2012-yilgi saylovoldi kampaniyasiga deyarli 43 million yevro sarflagan, bu ruxsat etilgan 22,5 million yevrodan deyarli ikki barobar koʻp (Fransiya saylovoldi tashviqoti xarajatlariga qattiq cheklovlar qoʻyadi).

Ortiqcha xarajatni yashirish uchun “Bygmalion” agentligi partiyaning saylovoldi shtabiga 10 million yevro miqdoridagi xizmatlar uchun soxta hisob-fakturalarni taqdim etgan, biroq tergov aniqlaganidek, bu xizmatlar aslida taqdim etilmagan. Tekshiruv davomida ortiqcha sarf-xarajatlar miqdori deyarli ikki baravarga oshgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing