Futbol munosabati bilan poytaxtning ayrim ko'chalari yopiladi
Sport
20-mart kuni O‘zbekiston va Qirg’iziston terma jamoalari o’rtasida futbol bo’yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 17.00 dan soat 23.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
- Chilonzor va Cho’ponota koʼchalari chorrahasidan, Choʼponota ko’chasi bo’ylab, Cho’ponota - Qatortol koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan - Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Hokimlik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘rab, ularga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

Powered by Froala Editor