O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanmoqda

Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanmoqda
Saidov uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning strategik ahamiyatini ta’kidladi: "Bir oy oldin Toshkentda Prezidentlarimiz tomonidan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Endi biz bu kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solmoqdamiz."

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o‘zaro hamkorlik va “Yo‘l xaritasi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq rejalari haqida fikr almashishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing