GLOBAL TOUR 2026: Toshkentda konkur bo‘yicha yettinchi bosqich g‘oliblari aniqlandi

Sport

GLOBAL TOUR 2026 seriyasining yettinchi bosqichi 15 avgust kuni Toshkentdagi Universal Horses Stable ot sporti majmuasida bo‘lib o‘tdi. Konkur bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlandi.

GLOBAL TOUR 2026: Toshkentda konkur bo‘yicha yettinchi bosqich g‘oliblari aniqlandi
Turnirda turli toifadagi chavandozlar ishtirok etib, aniqlik, tezlik va yuqori sport mahoratini namoyish etdi.

A toifasida Dilshod Shokirov Kvintus laqabli oti bilan g‘olib bo‘ldi.

B toifasida birinchi o‘rinni Mirzohid Musayev Pirana laqabli oti bilan egalladi. U Milord bilan ham ikkinchi o‘rinni qayd etdi. Uchinchi o‘rin Unit Tach laqabli oti bilan Humoyun Abdullayevga nasib etdi.

C toifasida Rizotto bilan ishtirok etgan Mirodil Mirshavkatov g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Leffe bilan Sevinch Nazarova, uchinchi o‘rinni esa Veyland II bilan Jalil Sobirov egalladi.

O‘zbekiston Otchilik va ot sporti federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, musobaqa mamlakat ot sporti taqvimidagi navbatdagi tadbir bo‘lib, chavandozlarning musobaqa tajribasi va sport mahoratini oshirishga xizmat qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing