Abdurashid Iminov Amerikada “Gōsht” restoranini ochdi

Biznes

Abdurashid Iminov Nyu-Yorkning qoq markaziga o'ziga xos o'zbek didi va mehmondo'stligini olib kirib, restoran biznesi olamidagi qiziqarli sayohatini davom ettirmoqda.

Abdurashid Iminov Amerikada “Gōsht” restoranini ochdi
Joriy yilning 17-iyun kuni Abdurashid Iminov amerikalik tadbirkorlar, “Drivo Rent-A-Car” asoschilari Timur Jo‘raev va Baxtiyar Qodirov bilan hamkorlikda Nyu-Yorkda O‘zbekistonning o‘ziga xos ta’mini o‘zida mujassam etgan “Gōsht” restoranini ochdi.

Ochilish marosimida Nyu-York meri – Erik Adams, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi – Furqat Sidiqov, “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi – Hakim Samandarov, Bruklin palatasi prezidenti, Savdo va sanoat vakili — Rendi Pirs, mashhur o'zbek repper xonandasi Shahriyor va oliy martabali mehmonlar ishtirok etdi.

Restoranning avtoturargohida ekzotik mashinalar paradi bo‘lib o‘tdi va 1500 dona burger tarqatilishi Bruklinlik gurmanlar uchun haqiqiy zavqga aylandi.

Abdurashid Iminov uzoq vaqtdan beri restoran biznesi olamida o'zini namoyon etgan taniqli tadbirkor. U ish o'rinlari o'sishiga olib kelgan ko'plab muvaffaqiyatli loyihalarga asos solgan, xususan tadbirkor hozirda 400 dan ortiq kishini rasmiy ish bilan taʼminlagan.

Abdurashid Iminov o‘z loyihalarida nafaqat haqiqiy o‘zbek mehmondo‘stligi va madaniyatini targ‘ib qiladi, balki stereotiplarni buzib, o‘zbek brendi jahon miqyosidagi shunday ulkan bozorda ham raqobatbardosh bo‘la olishini isbotlaydi. Buni restoranning test rejimida ishlagan birinchi yili, 1000 dan ortiq qoniqarli tashrif buyuruvchilar va 92,3% ijobiy mijozlar sharhlari tasdiqlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing