Hakamlar hay’ati bir ovozdan Markaziy Osiyoning uch yetakchisiga tinchlik mukofotini topshirdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro Tinchlik mukofoti laureatlari bo‘ldi.

Hakamlar hay’ati bir ovozdan Markaziy Osiyoning uch yetakchisiga tinchlik mukofotini topshirdi
Mukofot haqida qarorni hakamlar hay’ati raisi — Rossiyaning xalq artisti, Katta va Mariinskiy teatrlarining badiiy rahbari Valeriy Gergiyev e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, qaror bir ovozdan qabul qilingan bo‘lib, bu yetakchilarning tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi yuksak baholanganini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing