Halyk Bank Click’ning 49% ulushini $176 millionga sotib oldi

Biznes

Markaziy Osiyodagi eng yirik moliyaviy guruh — Halyk Bank, O‘zbekistonning yetakchi to‘lov kompaniyasi Click’ning 49% aksiyasini 176,4 million dollarga sotib oldi. Bunga javoban Click esa Tenge Bank’ning 49% ulushini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonda xususiy sektor tarixidagi eng yirik bitim hisoblanadi.

Halyk Bank Click’ning 49% ulushini $176 millionga sotib oldi
Click va Halyk Bank o‘rtasidagi ushbu strategik sheriklik mintaqada raqamli moliya xizmatlarining yangi bosqichini boshlab beradi.

Kelishuvga ko‘ra:

Halyk Bank – Click’ning 49% aksiyasini $176,4 million evaziga sotib oldi

Click – Tenge Bank’ning 49% aksiyasini $60,76 million evaziga qo‘lga kiritdi

Tomonlar o‘z faoliyatini mustaqil yuridik shaxs sifatida davom ettiradi. Mijozlar uchun xizmatlar va mavjud shartnomalarda o‘zgarish bo‘lmaydi.

Click bugungi kunda 20 milliondan ortiq foydalanuvchi bilan O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining yetakchisidir. Tenge Bank esa raqamlashtirish va qulay bank mahsulotlari orqali o‘z bozor ulushini oshirmoqda.

Sheriklik natijasida Click foydalanuvchilari Tenge Bank’ning foydali xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuningdek, 70 mingdan ortiq biznes yangi bank xizmatlariga kirish huquqini oladi. Click Super App strategiyasi doirasida to‘lov va bank muhitlari yagona raqamli ekotizimda birlashadi.

Kelishuv to‘liq qonuniy tartibda amalga oshiriladi va zaruriy ruxsatlar tez orada olinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing