Har soniyada $75 ming: AQSh davlat qarzi qanday o‘smoqda
Iqtisodiyot
AQSh davlat qarzi xavotirli tezlikda o‘smoqda — har soniyada 75 ming dollardan ortiq. Bu haqda senator Rend Pol AQSh hukumati xarajatlariga bag‘ishlangan yillik hisobotni taqdim etar ekan ma’lum qildi.
AQSh davlat qarzi joriy yilda har soniyada 75 ming dollardan ko‘proq miqdorda oshmoqda. Bu ma’lumotlar Kentukki shtatidan saylangan respublikachi senator Rend Pol tayyorlagan federal xarajatlar bo‘yicha yillik hisobotda keltirilgan.
Uning baholashicha, keyingi o‘n yil davomida AQSh har yili o‘rtacha 2,39 trillion dollar miqdorida qarzni oshirib boradi. Bu kuniga 6,53 milliard dollar, soatiga 272 million dollar va daqiqasiga 4,54 million dollar qarz qo‘shilishi deganidir.
Senator prezident Donald Trampning tashqi yordam va xalqaro tashkilotlarni moliyalashtirishni 5 milliard dollarga qisqartirish haqidagi qarorini «okeandagi tomchi» deb atadi.
Polning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilda davlat xarajatlari umumiy hajmi 1,64 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lib, shundan 1,22 trillion dollari qarz bo‘yicha foiz to‘lovlariga to‘g‘ri keladi.
Hozirda AQSh davlat qarzi 38,5 trillion dollardan oshib, bu har bir fuqaro hisobiga 112 ming dollardan ko‘proqni tashkil etmoqda. Mutaxassislar byudjetni muvozanatlashtirish mumkinligini tan olmoqda, biroq buning uchun ortiqcha va samarasiz xarajatlarni qisqartirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor