Haydovchilik guvohnomasi olishga va’da bergan shaxs firibgarlikda gumon qilinmoqda

O'zbekiston

Uchtepa tumani IIB UKD dan olingan ma’lumotlarga ko'ra, Makhkam ismli shaxs 36 yoshli Sirojiddin Х. ga 1400 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olishga yordam berishni va’da qilgan. Ammo va’dasini bajarmay, pulni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Haydovchilik guvohnomasi olishga va’da bergan shaxs firibgarlikda gumon qilinmoqda
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 40 yoshli Makhkam S. gumonlanuvchi sifatida aniqlanib, qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, ogoh bo‘ling! Haydovchilik guvohnomasi sotib olinmaydi, balki imtixon topshirib, YHXX bo‘linmalarida beriladi!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing