Hindiston va AQSh tovar ayirboshlash hajmini 500 milliard dollarga yetkazadi

Iqtisodiyot

AQSH va Hindiston o‘zaro savdo hajmini 2030 yilga borib 500 milliard dollarga (478 milliard yevro) yetkazmoqchi. Bu haqida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 13-fevral, payshanba kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Hindiston va AQSh tovar ayirboshlash hajmini 500 milliard dollarga yetkazadi
Hamkorlik, birinchi navbatda, sun’iy intellekt va yarimo‘tkazgichlarga, shuningdek, strategik foydali qazilmalar uchun kuchli ta’minot zanjirlarini yaratishga qaratiladi, deb xabar beradi Reuters.

Hindiston Amerika tovarlariga bojlarni kamaytirishga tayyor, deydi Tramp. Shuningdek, u mamlakatlar o‘rtasidagi savdo kamomadini kamaytirish uchun ko‘proq Amerika neft va gazini import qilishini ham aytib o'tdi. Vashington bu yildan boshlab Hindistonga qurol sotishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

«Hindistonga harbiy texnika sotish hajmini ko‘p milliard dollarga oshiramiz. Shuningdek, Hindistonga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishga tayyorlanyapmiz», deb va’da berdi Tramp.

Biroq, u aniq sanalarni aytmadi. Bunday bitimlar odatda bir necha yil davom etadi, deb eslatadi Reuters.

Ma'lumot o'rnida, bir necha o'n yillar davomida Rossiya Hindistonga asosiy qurol yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib kelgan. Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat rahbari o‘rinbosari Mixail Babich 11-fevral kuni TASS axborot agentligiga Rossiya Hindiston tomoni bilan Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotini birgalikda ishlab chiqarishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing