Hindistonning yangi elchisi O‘zbekiston TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
Siyosat
2024-yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Smita Pantning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
“Hindistonning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Turli sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni muhokama qildik. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Yangi elchi 2020–2024-yillarda Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Manish Prabxat o‘rnini egalladi.
Yangi elchi 2020–2024-yillarda Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Manish Prabxat o‘rnini egalladi.
Powered by Froala Editor