Tramp AQShda dorilar narxini keskin tushirishni va'da qildi
Dunyo
Yaqinda Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida “faoliyatidagi eng muhim va ta’sirli post”ni e’lon qilishini bildirgan edi. 12 may kuni u va’dasini bajardi: AQShda retsept asosida beriladigan dori vositalari narxini 30−80 foizga kamaytirishni ko‘zda tutuvchi farmonni imzolashini ma’lum qildi.
Tramp bu hujjatni “AQSh tarixidagi eng muhim qarorlardan biri” deb atadi. Uning aytishicha, ushbu chora mamlakat farmatsevtika siyosatiga jiddiy islohotlar olib kiradi va oddiy fuqarolarning sog‘liqni saqlash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda dori narxlari boshqa mamlakatlarga nisbatan bir necha baravar yuqori bo‘lib kelgan va bu holat yillar davomida farmakompaniyalar foydasiga ishlagan. “Amerika boshqalarni boqishni bas qiladi,” — deya ta’kidladi Tramp.
Trampning fikricha, bu qaror milliardlab dollar tejashga xizmat qiladi va amerikaliklar uchun adolatli hamda arzon tibbiyot yo‘lini ochadi. “Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat — biz Amerikani yana buyuk qilamiz!” — deya yakunladi u murojaatini.

Powered by Froala Editor