Ilk bor Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari JCHda sovrinli oʻringa koʻtarildi

Sport

Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida boʻlib oʻtgan badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Ilk bor Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari JCHda sovrinli oʻringa koʻtarildi
Joriy yilning 7-9-iyul kunlari Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida boʻlib oʻtgan badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bellashuvlar yakuni boʻyicha Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova esa tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilib, badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatlari tarixida oʻzbekistonlik sportchilarning birinchi marotaba sovrindorlar qatoridan joy olishiga sababchi boʻlishgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing